ZTE G5C 5G CPE: uzluksiz onlayn dunyoga sho‘ng‘ing

ZTE G5C 5G CPE’dan foydalanishning sakkizta ssenariysini kashf eting: Har qanday vaziyatda onlayn foydalanish imkoniyatiga ega bo‘ling.

7 nm yuqori samarali platformada ko‘p diapazonli 5G

7 nm yuqori samarali platforma NSA va SA yuqori tezlikdagi 5G tarmoqlarini, shuningdek, asosiy global 4G/5G chastota diapazonlarini qo‘llab-quvvatlaydi, bu esa 5G o‘ta tez internetga to‘liq sho‘ng‘ishni ta’minlaydi.

Yuqori tezlikdagi Wi-Fi 6
Maksimal tezlik 1800 Mbit/s* gacha

ZTE G5C 5G CPE Wi-Fi tarmog‘ining maksimal tezligi 1800 Mbit/s* gacha bo‘lishini ta’minlaydi, bu esa kundalik vazifalar – qisqa videolar, HD filmlarni tomosha qilish, katta hajmli yuklanmalarni amalga oshirish yoki katta hajmli fayllarni uzatish kabi vazifalar bilan muammosiz va samarali ishlashni kafolatlaydi.

*Ma’lumotlar ZTE laboratoriyasidan olingan. Bu nazariy tezlik bo‘lib, haqiqiy tezlik atrof-muhit va yakuniy qurilmaga bog‘liq bo‘ladi.

32 ta bir vaqtda ulanishni dastaklash

Bitta ZTE G5C 5G CPE «aqlli uy» kompleks tarmog‘ini yaratish uchun bir vaqtning o‘zida 32 tagacha ulanishni qo‘llab-quvvatlab, ko‘plab qurilmalar bilan 5G ulanishini almashish imkonini beradi.

Yuqori tezlikdagi tarmoq uchun ikkita gigabitli Ethernet porti

Ikkita gigabitli Ethernet portlari bilan jihozlangan router, hatto katta fayllarni yuklashda yoki tarmoq faolligi eng yuqori bo‘lgan davrda ham, tarmoqdagi sekin tezlik yoki kechikishlar haqidagi xavotirni bartaraf etadi. Iloji boricha tez internetdan bahra oling.

Ikkilangan tarmoq aloqasi (5G va simli)
SIM karta va keng kanalli tarmoqni dastaklaydi

Router ikki xil usulda ulanishni qo‘llab-quvvatlaydi: SIM karta orqali va simli keng polosali ulanish orqali. Agar bir usul ishdan chiqsa, u boshqa usulga bemalol o‘tishi mumkin, bu esa tarmoqning barqarorligi va xavfsizligini ta’minlaydi.

Internetga simsiz ulanish

Internetga simli keng polosali ulanish

Ovozli chaqiruvlarni dastaklash

Uy va biznes uchun integratsiyalashgan ovozli va internet xizmatlarini taqdim etish maqsadida ovozli chaqiruv funksiyasini yoqish uchun standart telefon tarmog‘ini ulash kifoya.

Zamonaviy dizayn va yuqori ishonchlilik

Yetuk arxitektura va premium komponentlar tufayli kam energiya sarfiga erishiladi. Vertikal «tutun yo‘li» dizayni uzoq vaqt ishlashda optimal haroratni saqlab qolish uchun issiqlikning aerodinamik o‘z-o‘zidan tarqalishidan foydalanadi va tarmoqning barqaror ishlashini ta’minlaydi.

ZTE G5C 5G CPE
Mahsulot spetsifikatsiyasi

*Mahsulotning texnik xususiyatlari mahalliy bozor xususiyatlari va tarmoqdagi farqlar tufayli mintaqaga qarab farq qilishi mumkin. Tafsilotlar uchun mahalliy rasmiy versiyaga murojaat qiling.

Reviews

There are no reviews yet.

Be the first to review “ZTE G5C 5G CPE”

Ваш адрес email не будет опубликован. Обязательные поля помечены *